15:45 / 18.03.2021
1 396

1,3 mlrd. so‘mlik shinalarni noqouniy olib kirish rejalari fosh etildi

1,3 mlrd. so‘mlik shinalarni noqouniy olib kirish rejalari fosh etildi
Tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idorasi” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan Qo‘qon shahrida faoliyat olib boruvchi korxona nomiga keltirilgan 2 ta yuk konteynerlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yuk konteynerlarida yo‘l yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha jami 421 dona qiymati 154,5 mln. so‘mlik avtomobil shinalari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda esa, Qo‘qon shahrida faoliyat yurituvchi boshqa bir korxona nomiga kelgan 4 ta yuk konteynerlari ko‘zdan kechirilganda, konteynerlarda hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha qiymati 427 mln. so‘mlik 1221 dona avtomobil shinalari tovarlari borligi aniqlandi.

Navbatdagi holatda esa Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Toshkent-tovar” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida faoliyat yurituvchi korxona nomiga keltirilgan “velosiped ehtiyot qismlari” tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, yo‘l-yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan qiymati 930 mln. so‘mlik 3780 dona “velosiped shinalari” hamda 49418 dona “velosiped kameralari” borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxon organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1,3 mlrd. so‘mlik shinalarni noqouniy olib kirish rejalari fosh etildi