18:36 / 18.03.2021
1 808

Farg‘onada «moykachi» jizzaxlik sevgan qizini ko‘rish uchun o‘zganing Lacetti’sini minib qochdi

Farg‘onada «moykachi» jizzaxlik sevgan qizini ko‘rish uchun o‘zganing Lacetti’sini minib qochdi
Farg‘onada «moyka» xodimi Jizzaxdagi sevgan qizini ko‘rgani borish uchun o‘zganing Lacetti’sini minib qochdi. Bu haqda «Mening yurtim» telekanalining «Markaziy studiya» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, 15 mart kuni Farg‘onadan olib qochilgan mashina 16 mart kuni Jizzaxda topilgan. Lacetti egasi o‘z mashinasini Buvayda tumanidagi «Uzun» mahallasida joylashgan avtomobil yuvish shoxobchasiga tashlab ketgan.

2002 yilda tug‘ilgan «avtomoyka» ishchisi esa Jizzaxdagi sevgan qizini ko‘rish uchun mashinani minib qochgan.

Holat yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada «moykachi» jizzaxlik sevgan qizini ko‘rish uchun o‘zganing Lacetti’sini minib qochdi