23:28 / 18.03.2021
2 462

Qizi va yigit o‘rtasidagi munosabatlarni sir saqlash uchun yigitning otasidan pul talab qilgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qizi va yigit o‘rtasidagi munosabatlarni sir saqlash uchun yigitning otasidan pul talab qilgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkentda qizi va yigit o‘rtasidagi sir saqlanishi lozim bo‘lgan munosabatlarni oshkor qilmaslik evaziga yigitning otasidan tovlamachilik yo‘li bilan pul olgan ayol ushlandi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 46 yoshli fuqaro Sh.U. Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 45 yoshli ayol Z.A. qizi M.R. bilan uning o‘g‘li D.U. o‘rtasidagi sir saqlanishi lozim bo‘lgan munosabatlarni oshkor qilmasligi evaziga pul talab qilganini ma’lum qilgan.

Yigitning otasining aytishicha, buning uchun 600 dollar talab qilgan ayolga 480 dollar va 1 million 50 ming so‘m bergan. Ammo olgan pullarni kam deb topgan ayol yana 500 dollar talab qilgan.

15 mart kuni soat 13:00 larda Chilonzor tumani «Chilonzor» metro bekati oldida Z.A. qizi M.R. bilan bu pullarni Sh.U.dan olayotgan vaqtlarida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan ayol va uning qiziga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, tovlamachilik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qizi va yigit o‘rtasidagi munosabatlarni sir saqlash uchun yigitning otasidan pul talab qilgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi