2 696
Sizga bir sirni ochaman, Toshkent viloyatini ikkiga bo‘lishni o‘ylab turibman — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev hamda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Toshkent viloyati Xalq deputatlari kengashida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida viloyatni ikkiga bo‘lish fikri mavjudligini aytib o‘tdi. Prezidentning ta’kidlashicha, viloyat hokimligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan Davron Hidoyatov boshqaruvida ham ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar kuzatilmasa, viloyatning ma’muriy tuzilishida o‘zgarish qilish ehtimoli paydo bo‘ladi.
— Men bir sirni sizga aytaman. Hozir o‘zim bilan xarita olib kelganman. Unga ko‘ra Toshkent viloyatini ikkiga bo‘lishni rejalashtirib qo‘yganmiz.
Mana hamma deputatlar jim bo‘lib qoldi, bunday gap yoqmaydi sizga. Ammo Konstitutsiya bo‘yicha shunday huquq menga berilgan, taklif berishim mumkin.
Viloyatning joylashuvi noqulay, Angrendan Bekobodga yetguncha qancha vaqt ketadi. Yana bir muammo, viloyatda birdamlik yo‘q. Boshqa istalgan viloyatga boring, oqsoqollar chiqib duo qiladi. Turli tumanlarning gapi bir joydan chiqadi.
Xafa bo‘lmanglar, ammo sizda shu xususiyat yo‘q. Angrendagi oqsoqolning gapi Bekobodga to‘g‘ri kelmaydi. Bekobodning gapini Chinoz olgisi kelmaydi. 22 ta hududni birdan boshqarishni vallomat hokim ham eplay olmayapti.
Hozircha bu fikrni o‘zimda ushlab turibman. Mana hozir Hidoyatovni sizga rahbar sifatida tavsiya etyapmiz. Yana bir marta imkon berib ko‘rmoqchiman.
Toshkent viloyatida 150 mingta ish o‘rni yaratsa bo‘ladi. O‘zidagi ishsizlar tugul, boshqa viloyatlardan keladiganlarni ish bilan ta’minlash mumkin. Yo hozir birlashib, viloyatni ko‘tarishga birdamlik bilan harakat qilasiz, yoki boshqa qaror qabul qilamiz. Ochig‘ini aytaman, viloyatni ikkiga bo‘lsak, qanaqa nom berishni ham o‘ylab qo‘yganman.
Sizga oxirgi marta imkon beraman. Ishga noloyiqligini tan olishni istamaydigan, ammo baribir ariza yozmaydigan, lavozimni yaxshi ko‘radiganlar ishga kirishmasa oxirgi chorani ko‘ramiz, — dedi Prezident. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?