13:35 / 19.03.2021
8 855

«Unga hech kim ishdan ket, degani yo‘q, o‘zi ariza yozdi» – Shavkat Mirziyoyev

«Unga hech kim ishdan ket, degani yo‘q, o‘zi ariza yozdi» – Shavkat Mirziyoyev
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari 28-sessiyasida davlat rahbari Toshkent viloyatining sobiq hokimi Rustam Xolmatovning o‘z xohishi bilan lavozimidan ketganini qayd etdi, deya xabar bermoqda «Daryo».

«Ochiq gap, Xolmatov ishdan bo‘shash bo‘yicha o‘zi ariza yozdi, unga hech kim ishdan ket, degani yo‘q. U bugungi zamonning og‘ir-og‘ir talablarini, viloyatga qo‘ygan juda katta marralarimizni ko‘rdi. Xolmatov oldimga borib, ‘Hurmatli Prezident, ish davomida sizning talabingizni bajarish va hozirgi davrga mos bo‘lish uchun salohiyatimni imkon qadar ishga solyapman, ammo bo‘lmayapti. Men paxta, g‘allani ichida yurgan ekanman. Lekin sizning bugungi talabingiz g‘alla, paxta emas, xalq manfaati va viloyatdagi muhitni mutlaqo o‘zgartirish kerakligini bildim’, deb aytdi. Ammo men unga o‘ziga yarasha ish berdim, hozir ishini davom ettiryapti», — dedi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 30 yanvardagi farmoni bilan Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov lavozimidan ozod etilgandi . Shu kunning o‘zida Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Davron Hidoyatov Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Mart oyining boshlarida Toshkent viloyati hokimining uyida chiroq o‘chgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Davron Hidoyatovning so‘zlariga ko‘ra, chiroq xizmat uyida qarzdorlik borligi sabab o‘chirilgan. «Mendan avval bu uyda yashaganlar elektr haqini to‘lamagan», — degan edi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Unga hech kim ishdan ket, degani yo‘q, o‘zi ariza yozdi» – Shavkat Mirziyoyev