16:44 / 19.03.2021
1 645

Kitoblik ota aliment o‘rniga farzandlariga uy berdi

Kitoblik ota aliment o‘rniga farzandlariga uy berdi
Afsuski, er va xotinning taqdiri o‘xshamasa, oilani tiklashga bo‘lgan barcha urinishlar bekor ketadi. Azimovlar oilasida xuddi shunday bo‘ldi. Birga yashagan davrlarida dunyoga kelgan 2 nafar farzand bilan ota uyiga qaytgan M. moddiy qiyinchiliklar sabab farzandlari ta’minoti uchun aliment undirish maqsadida sudga murojaat qildi. Biroq ota majburiyatini yetarli darajada bajarmaganligi natijasida alimentdan yaxshigina qarzdorlik vujudga keldi.

Aliment masalasi ancha nozik hisoblanadi. Farzandlari uchun aliment to‘lamay yurganlarga davlat ijrochilari tomonidan ogohlantirishlar va huquqiy tushuntirishlar beriladi. Kor qilmasa, tegishli chora ko‘riladi, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Azimovlar oilasida boshqacha holat yuz berdi. Majburiy ijro byurosining Kitob tuman bo‘limi xodimlari bilan bir necha bor o‘tkazilgan muloqotdan so‘ng ota joriy yilning 17 mart kuni bir zarbda zimmasidagi majburiyatidan qutildi. Ya’ni, u o‘zi yashab turgan xonadonni voyaga yetmagan farzandlari uchun sobiq turmush o‘rtog‘i M.Jamolovaning nomiga o‘tkazib berdi.

Bu amaliyot notarial tartibda tasdiqlandi, hamda shu munosabat bilan ijro hujjatining ijrosi amalda tamomlandi.

Radju To‘rayev
MIB Kitob tuman bo‘limi davlat ijrochisi

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kitoblik ota aliment o‘rniga farzandlariga uy berdi