23:30 / 19.03.2021
1 984

«Kasallanish har yuz ming aholiga 0,2 dan 0,4 ko‘rsatkichga ko‘tarildi» – Nurmat Otabekov

«Kasallanish har yuz ming aholiga 0,2 dan 0,4 ko‘rsatkichga ko‘tarildi» – Nurmat Otabekov
O‘zbekistonda koronavirus qayd etilish ko‘rsatkichi sekin-asta ortib bormoqda. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

«Koronavirusga qayd etilish ko‘rsatgichi mamlakatimizda ham sekin-asta ortib bormoqda. Oxirgi 3 oy davomida kasallikning qayd etilish darajasi har yuz ming aholiga 0,2 ko‘rsatkichda bo‘lgan bo‘lsa, oxirgi 3-4 kun mobaynida bu ko‘rsatkich 0,4 ga ko‘tarildi.

Kasallik aniqlanganlarning aksariyati bemorlar bilan bevosita muloqotda bo‘lish orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Hozirgi kunda COVAX dasturi doirasida vaksinalarning muayyan qismi yetib keldi. Vaksinalar bilan aholini emlash uchun barcha tayyorgarliklarni ko‘rib qo‘yganmiz. Mahalliy hududlarda mahalliy mutaxassislardan iborat shtablar tashkil etilgan.

Barcha viloyatlarda emlanishi kerak bo‘lgan aholi qatlamining elektron bazasi, ya’ni ularni elektron ro‘yxatga olish tizimi amalga oshirilmoqda. Ular emlangandan so‘ng bu bazada emlanganlik haqida ma’lumotni ko‘rish mumkin
», – deydi Nurmat Otabekov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 18 mart holatiga ko‘ra, bir sutka ichida 124 kishida koronavirus aniqlandi. Bu yil boshidan buyon qayd etilgan sutkalik rekord hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Kasallanish har yuz ming aholiga 0,2 dan 0,4 ko‘rsatkichga ko‘tarildi» – Nurmat Otabekov