09:30 / 20.03.2021
635

«O‘zstandart» yuzni oqartiruvchi vositaning xavfli ekanini aniqladi

«O‘zstandart» yuzni oqartiruvchi vositaning xavfli ekanini aniqladi
«O‘zstandart» agentligi jiddiy xavfga ega «Fade out cream» nomli terini oqartirishga xizmat qiluvchi kosmetik vositaning mamalakatimizga olib kirilishiga taqiq qo‘ydi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu «O‘Tenika» rusumli ushbu vosita pushti yorliqli, sarg‘ish, och jigarrang plastik idishda bo‘lib, 250 milligramm hajmga ega. Xavf turiga ko‘ra, kimyoviy hisoblanadi. Shuningdek, mahsulot tarkibida simob mavjudligini aniqlangan (o‘lchangan qiymati: 0,4 mg/kg). Simob tanada to‘planib, buyrak, miya va asab tizimiga jiddiy zarar yetkazishi haqida ogohlantirilgan.

Bundan tashqari, mahsulot reproduktiv tizim va homilaga ta’sir o‘tkazadi. Mahsulot kosmetik mahsulotlar to‘g‘risidagi qoidalarga mos kelmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zstandart» yuzni oqartiruvchi vositaning xavfli ekanini aniqladi