12:06 / 20.03.2021
1 767

Toshkentda qalbaki dollar sotayotgan shaxs ushlandi

Toshkentda qalbaki dollar sotayotgan shaxs ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Mirobod tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.S. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro S.ga 50 AQSH dollari kupyuradagi 16 dona qalbaki 800 AQSH dollarini 500 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida O.S.ning yonidan yana 7 dona qalbaki 50 kupyuradagi 350 AQSH dollari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro O.S. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qalbaki dollar sotayotgan shaxs ushlandi