14:30 / 20.03.2021
1 885

Surxondaryoda 22 yoshli haydovchi tezlikni oshirishi natijasida kanalga tushib ketib, halok bo‘ldi

Surxondaryoda 22 yoshli haydovchi tezlikni oshirishi natijasida kanalga tushib ketib, halok bo‘ldi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida Nexia avtomobili kanalga tushib ketishi natijasida bir yigit vafot etdi, yana biri shifoxonaga yotqizildi, deya xabar berilmoqda «Zamon» informatsion dasturida.

Qayd etilishicha, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro 2021 yil 16 mart kuni taxminan soat 16:00 larda Denov tumani «Obod turmush» mahallasidan o‘tuvchi mahalliy 4N-587 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida otasiga tegishli bo‘lgan Nexia rusumli mashinasida harakatlanib ketayotib, ortiqcha tezlik tufayli boshqaruvni yo‘qotgan.

Oqibatda ko‘prik temir ustuniga urilib, Qorasuv kanaliga tushib ketgan. Haydovchining o‘zi voqea joyida halok bo‘lgan.
Mashina salonida bo‘lgan haydovchining tengdoshi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu voqeadan so‘ng Qorasuv kanalidan o‘tuvchi ko‘prik juda torligi sabab piyodalar va velosipedchilar harakatlanishi uchun maxsus yo‘lak qurilishi boshlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda 22 yoshli haydovchi tezlikni oshirishi natijasida kanalga tushib ketib, halok bo‘ldi