2 617
Urgutda turmushga chiqmagan qiz haqida gap tarqatgan yigitni o‘lasi qilib kaltaklashdi
2021 yilning 2 mart kuni soat 21:00 da 43 yoshli G‘afur S. ukasi, 37 yoshli Shavkat S. bilan Urgut tumanida joylashgan «Korzinka.uz» savdo markazi oldida 29 yoshli Hasan O‘. ni oldindan davom qilib kelayotgan kelishmovchilik sababli, tanasining turli joylariga qo‘l va oyoqlari hamda tayoq bilan urib jarohat yetkazishgan.
Sud tibbiy ekspertiza xulosasida Hasan O‘.da og‘ir tan jarohatlari aniqlanganligi ko‘rsatilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Hasan O‘. G‘afur S.ning turmushga chiqmagan qizining sha’nini bulg‘ash maqsadida, gap so‘z tarqatib yurganligi sababli ushbu jinoyat sodir bo‘lganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G‘afur S. va Shavkat S.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «k, l» bandlari (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi