23:50 / 20.03.2021
1 973

Sergelida 500 dollar evaziga "tonirovka" uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Sergelida 500 dollar evaziga "tonirovka" uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati
Toshkent shahar Sergeli tumanida avtomashina oynalari tusini o‘zgartirish uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro S.N. va boshqalar fuqaro I.K.ning ishonchiga kirib, unga avtotransport vositasining orqa va old yon oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnomani YHXBda ishlovchi tanishlari orqali olib berishni va’da qilib, 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergelida 500 dollar evaziga "tonirovka" uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi