08:01 / 21.03.2021
2 360

Ohangaronda poyezd va avtomobil to‘qnashuvi oqibatida shifokor halok bo‘ldi

Ohangaronda poyezd va avtomobil to‘qnashuvi oqibatida shifokor halok bo‘ldi
Foto: Telegram / Oltin voha
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida xalq orasida «Qo‘chqor doktor» nomi bilan tanilgan shifokor poyezd bilan avtomashina to‘qnashuvi natijasida vafot etdi, deya xabar bermoqda «Oltin voha» Telegram-kanali.

Qayd etilishicha, voqea Ohangaron tumanidagi «Yonariq» MFYda bo‘lgan. To‘qnashuvdan so‘ng poyezd mashinani kamida 600-700 metrga sudrab borgan.
Ma’lum qilinishicha, temir yo‘lni kesib o‘tuvchi avtoyo‘lga shlagbaum o‘rnatilmagan. Aniqrog‘i, shlagbaum ishlamaydi.

Ta’kidlanishicha, shu tufayli bu yerda bunday hodisalar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Mashina yo‘ldan qayrilib, temir yo‘lni kesib o‘tish nuqtasida noqulay trayektoriya bo‘lgani uchun ham kelayotgan poyezdni haydovchi ko‘rishi qiyinlashadi.

Ma’lumot uchun, bu yo‘lda Toshkent–Pop temir yo‘li orqali tez harakatlanuvchi poyezdlar o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ohangaronda poyezd va avtomobil to‘qnashuvi oqibatida shifokor halok bo‘ldi