07:30 / 23.03.2021
2 662

O‘g‘ri o‘zining o‘g‘li bo‘lib chiqdi...

O‘g‘ri o‘zining o‘g‘li bo‘lib chiqdi...
Foto: IIV
2021 yil 15 mart kuni Namangan shahrida yashovchi 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Shu yil 15 mart kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs xonadonida bo‘lgan temir seyf ichidagi 200 AQSH dollari, 2.058.000 so‘m pullari va umumiy narxi 1.300.000 so‘mlik 2 dona tilla uzuk hamda bir juft tilla baldoqlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 3-sonli IIB JQB katta tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni birga yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan o‘g‘li sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 18 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb yozadi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘g‘ri o‘zining o‘g‘li bo‘lib chiqdi...