16:20 / 23.03.2021
2 239

Fuqaroni daraxtga bog‘lab qo‘yib videoga tushirgan va TikTok’ga joylagan shaxslar ushlandi

Fuqaroni daraxtga bog‘lab qo‘yib videoga tushirgan va TikTok’ga joylagan shaxslar ushlandi
2021 yilning 20 fevral kuni soat 22:30larda 33 yoshli G‘iyos Q. va 29 yoshli Abdivali B. Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “Yangi Mirishkor” mahallasida Azamat J.ning uyi atrofida 31 yoshli Azizbek T. mast holatda aylanib yurganligini ko‘rib qolishgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular Azizbek T.ni o‘g‘rilik qilish maqsadida kelgan deb o‘ylab, unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, tanasining turli joylariga urishgan va daraxtga ip bilan bog‘lab qo‘yib, taxminan 1 soatdan ko‘proq vaqt mobaynida g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Azizbek T. muqaddam o‘g‘rilik jinoyati uchun 4 marotaba sudlangani, uni shu sababdan urib daraxtga bog‘lab qo‘yganliklari va bu holat videoga tushirilib, “TikTok” ijtimoiy tarmog‘iga joylaganligi aniqlangan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida Azizbek T.da yengil tan jarohatlari aniqlangani ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirishkor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan G‘iyos Q. va Abdivali B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 138-moddasi 1-qismi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar. Hozirda tergov davom etmoqda, deyiladi ma’lumotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaroni daraxtga bog‘lab qo‘yib videoga tushirgan va TikTok’ga joylagan shaxslar ushlandi