16:48 / 23.03.2021
1 484

Qibrayda qurilish korxonasi foydasiga deyarli 700 million so‘m undirib berildi

Qibrayda qurilish korxonasi foydasiga deyarli 700 million so‘m undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Qibray tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shaxar sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlv hayatining 09.02.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor Toshkent davlat agrar univeristetidan, undiruvchi “BUNYODKOR-LYUKS STROY” MCHJ foydasiga jami 1 097 961 664 so‘m qarz undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari taraflarga yuborilgan.

Bundan tashqari, Qonunning 21,86-moddalariga asosan qarzdor Toshkent davlat agrar univeristetidan hisob raqamlariga band solingan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 46, 47,481, 487, 53-moddalariga asosan, qarzdor Toshkent davlat agrar univeristetining Budjet tashkilotining moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha undiruvni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va budjet tashkilotlarining pul mablag‘lariga qaratish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro qilishlik uchun Toshkent shahar Moliya G‘aznachilik boshqarmasiga ijro qilishlik uchun yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor Toshkent davlat agrar univeristetidan 697 000 000 so‘m pul mablag‘lari undirilib, undiruvchi “BUNYODKOR-LYUKS STROY” MCHJning bank hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qibrayda qurilish korxonasi foydasiga deyarli 700 million so‘m undirib berildi