16:33 / 24.03.2021
1 872

Toshkentda to‘xtab turgan Lacetti yonib ketdi (foto)

Toshkentda to‘xtab turgan Lacetti yonib ketdi (foto)
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Toshkent shahar Yashnobod tumanida to‘xtab turgan Lacetti avtomobilida yong‘in yuzaga keldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, ko‘ngilsiz hodisa 24 mart kuni soat 02:00 larda tumanning Uysozlar ko‘chasida joylashgan 70-uyning oldida sodir bo‘lgan. Fuqaro M.M.ga tegishli bo‘lgan Lacetti’da yonib ketgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan bo‘lib, avtomobilning ma’lum qismi zararlangan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Hodisa yuzasidan Yashnobod tumani FVB va IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda to‘xtab turgan Lacetti yonib ketdi (foto)