19:00 / 24.03.2021
2 947

Shavkat Mirziyoyev: «Bunday mablag‘ shu kungacha biror marta berilmagan edi»

Shavkat Mirziyoyev: «Bunday mablag‘ shu kungacha biror marta berilmagan edi»
Joriy yilda qishloq va mahallalarda aholi sharoitini yaxshilashga 2 milliard dollar sarflanadi. Bu haqda selektor yig‘ilishi davomida Shavkat Mirziyoyev ma’lum qilib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz» xabar bermoqda.

— Qishloq va mahallalarda aholi sharoitini yaxshilash uchun jami 21 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Bunday mablag‘ shu kungacha biror marta berilmagan edi.

9 ta yo‘nalish bo‘yicha ajratilayotgan ushbu mablag‘lar har bir tuman va shahar hokimi bilan muhokama qilindi.

O‘tgan haftada barcha tuman va shahar kengashlarida bu dasturlar asosida amalga oshiradigan loyihalar himoya qilinib, qaysi mahalla va qishloq tanlangani, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va bunda aholi ishtirokiga oid masalalar belgilab olindi, — dedi davlat rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq joylaridagi vaziyatni tahlil qilarkan, Payariq tumanini misol tariqasida keltirib o‘tdi.

— Payariq tumanida 145 kilometr yo‘l, 1 ming kilometr elektr tarmog‘i, 250 ta transformator va 54 kilometr ichimlik suvi tizimi yaroqsiz ahvolda, 26 ta maktab, 17 ta bog‘cha, 4 ta qishloq oilaviy shifokor punkti ta’mirtalab.

Shuningdek, tumanda ishsizlar soni 9 ming 400 nafarni tashkil etadi, «temir daftar»ga 1 mingta oila, «yoshlar daftari»ga 6 ming nafar va «ayollar daftari»ga 2 ming 200 nafar aholi kiritilgan, — deya ta’kidladi prezident.

Ma’lum qilinishicha, Payariq tumanidagi 56 ta qishloqda 83 milliard so‘mlik ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Bunday mablag‘ shu kungacha biror marta berilmagan edi»