20:15 / 24.03.2021
1 733

Chirchiqda 3 mlrd. so‘mga yaqin soliq qarzdorlik undirildi

Chirchiqda 3 mlrd. so‘mga yaqin soliq qarzdorlik undirildi
Majburiy ijro byurosi Chirchiq shaxar bo‘limi ish yurituviga,Chirchiq shahar DSIning bir nechta qaroriga asosan, qarzdor “ALFA-TEKS METALS” MCHJ hisobidan jami 2.999.940.020 so‘mlik soliq qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro xujjatlari kelib tushgan.

Mazkur ijro ishlari yuzasidan qarzdorga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk bino va inshoatlari qarzdorlik evaziga xatlanib, tegishli tashkilotlar tomonidan 4,5 mlrd so‘mga baholangan.

Ushbu baholangan ko‘chmas mulk ob’ekti onlayn auksionlarni o‘tkazish markazi, ya’ni E-ijro auksion yagona portali orqali sotuvga chiqarilib, 26.02.2021 yilda o‘tkazilgan auksion savdolarida 4,3 mlrd so‘mga sotilgan.

Sotuvdan kelib tushgan pul mablag‘laridan 2,9 mlrd so‘mlik budjet oldidagi soliq qarzdorligiga Chirchiq DSI foydasiga, qolgan pul mablag‘lari qarzdor “ALFA-TEKS METALS” MCHJning hisob raqamiga o‘tkazilishi ta’minlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chirchiqda 3 mlrd. so‘mga yaqin soliq qarzdorlik undirildi