21:30 / 24.03.2021
1 622

Kegeylida Byuro davlat ijrochilari yordami bilan yana bir oila yarashishiga erishildi

Kegeylida Byuro davlat ijrochilari yordami bilan yana bir oila yarashishiga erishildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 17.01.2020 yilgi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor N.B.dan undiruvchi D.Dayjanovaning foydasiga, uning tarbiyasidagi bir farzandining 18 yoshga to‘lgunga qadar ta’minoti uchun, qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa daromadlaridan ¼ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor tomonidan aliment nafaqasi hech qanday irkilishsiz va bir yil davomida oyma-oy to‘liq to‘lanib kelingan.

Shu sababli, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan oilani yarashtirish, shu orqali farzandlarning ota va onasi bag‘rida kamol topishini ta’minlash maqsadida, sobiq turmush o‘rtoqlar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Ko‘p vaqt o‘tmay, amalga oshirilgan harakatlar o‘z natijasini berib, ajirashib ketgan oila qayta tiklandi va hozirgi kunda birga totuvlikda yashab kelmoqda.

O‘z navbatida, bo‘lim tomonidan tegishli hujjatlar to‘planib sudga oshirilgan va sud tomonidan aliment undirish bilan bog‘liq mazkur buyrug‘i bekorlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Byuroning Kegeyli tuman bo‘limi xodimlari tomonidan, yil boshidan buyon 13 ta oilaning yarashishiga sababchi bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kegeylida Byuro davlat ijrochilari yordami bilan yana bir oila yarashishiga erishildi