21:53 / 24.03.2021
2 142

Shavkat Mirziyoyevga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Shavkat Mirziyoyevga yangi matbuot kotibi tayinlandi
Foto: Facebook / Sherzod Asadov
Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev Administratsiya rahbariyatiga o‘zgartirish kiritilishini ma’lum qildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

«Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari — prezident matbuot kotibi bo‘ladi. Men bugun shu bo‘yicha farmonni imzoladim. Sherzod Asadovning bilimi bor, xorijiy tillarni biladi, dunyoni ko‘rgan», — dedi Prezident.

Bundan tashqari, davlat rahbari unga viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari matbuot kotiblari bilan ishlash, ularni o‘rgatish bo‘yicha topshiriq berdi.

Prezident Sherzod Asadov har bitta vazirlik va idora rahbarlari matbuot xizmatlarining hisobotini tinglab, ularning faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashadi.

Sherzod Asadov 1981 yil 4 mayda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Asadov rus, ingliz, ispan, turk tillarini biladi.

U ish faoliyatini 2007 yilda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosiy faoliyat tahlili va strategiyasi bosh boshqarmasi referenti, attashesi lavozimidan boshlagan.

Faoliyati davomida Sherzod Asadov O‘zbekistonning Singapurdagi elchixonasi attashesi, 3-kotibi (2008—2012), O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining yordamchisi (2015—2017), O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi maslahatchisi — Muvaqqat ishlar vakili (2017—2018), O‘zbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, O‘zbekiston Respublikasining YEXHT va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili (2018—2020) hamda 2020 yil 19 martdan ushbu tayinlovgacha O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari sifatida ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevga yangi matbuot kotibi tayinlandi