22:22 / 24.03.2021
2 044

Qo‘qonda qalbaki dollar ishlab chiqargan shaxs fosh bo‘ldi

Qo‘qonda qalbaki dollar ishlab chiqargan shaxs fosh bo‘ldi
Foto: IIBB
14 mart kuni M.G. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 14 mart kuni noma’lum shaxs U.Nosir ko‘chasida joylashgan savdo do‘koniga xarid uchun kirib, umumiy narxi 110.000 so‘mlik spirtli ichimlik va boshqa turdagi mahsulotlarni xarid qilib, qalbaki usulda tayyorlangan 100 AQSH dollarini berib, 935.000 so‘mni qaytim sifatida olib hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘tkazilgan sudga oid texnik-kriminalistik ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, 1 dona 100 AQSH dollari qiymatidagi kupyura qalbaki usulda rangli printer yordamida tayyorlanganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida 1 dona 100 AQSH dollari kupyuradagi pul Yu.M. tomonidan tayyorlanganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda qalbaki dollar ishlab chiqargan shaxs fosh bo‘ldi