10:30 / 25.03.2021
1 185

«25 yil qamash bilan shug‘ullandik, lekin korrupsiya yo‘qolmadi» — Shavkat Mirziyoyev

«25 yil qamash bilan shug‘ullandik, lekin korrupsiya yo‘qolmadi» — Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24 mart, chorshanba kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida so‘zga chiqqan bosh prokuror o‘rinbosari Akmalxo‘ja Mavlonov 2020 yilda manzilli dasturlarga ajratilgan mablag‘larning qanchasi talon-toroj qilingani haqida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Mavlonovning qayd etishicha, O‘zbekistonda 2020 yilda manzilli dasturlarga yo‘naltirilgan 10 trillion so‘mning 845 milliard so‘mi talon-toroj qilingan.

Yig‘ilishda davlat rahbari ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari kamaymayotganini tanqid qildi.

«Menga ‘o‘g‘irladi’ degan gap juda og‘ir botadi. Shaxsan o‘zim kimnidir qamab yuborishga buyruq bermaganman. 25 yil qamash bilan shug‘ullandik, lekin korrupsiya yo‘qolmadi. Endi Mavlonovga katta topshiriq, aholi va OAV nazoratini yo‘lga qo‘yib, talon-torojliklarning oldini olishi zarur», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » «25 yil qamash bilan shug‘ullandik, lekin korrupsiya yo‘qolmadi» — Shavkat Mirziyoyev