Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakili Toshkent—Andijon pullik yo‘lining narxi qancha bo‘lishini ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zLiDeP matbuot xizmati.
Agentlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, Toshkent—Samarqand yo‘lida 150 kilometr tezlik bilan harakatlanuvchi mashina 2 soatda manziliga yetadi. Qayd etilishicha, ushbu yo‘lda soatiga 150 kilometr tezlikda yurish mumkinligi belgilanmoqda. Bu maksimum tezlik hisoblanadi.
Toshkent—Andijon yo‘lida esa Qamchiq dovonida 60—70 kilometr tezlik minimum etib belgilanadi. Shuningdek, yo‘lning qolgan qismida avtomobil 150 kilometr/soat tezlik bilan harakatlanishi mumkin bo‘ladi.
Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, yengil mashinalar uchun:
Toshkent—Andijon — 5 AQSH dollari atrofida;
Toshkent—Angren — 1,7 AQSH dollari atrofida;
Toshkent—Qo‘qon — 1-2 AQSH dollari atrofida.
Yuk avtomobillari uchun narxlar qimmatroq bo‘ladi:
Toshkent—Andijon — 20 AQSH dollari atrofida;
Toshkent—Samarqand — 5-6 AQSH dollari atrofida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi ilk pulli yo‘llarning qurilishi haqida 2018 yilda xabar berilgandi. O‘shanda bu kabi yo‘llarning birinchisini qurish bilan Germaniyaning GP Günter Papenburg kompaniyasi shug‘ullanishi mumkinligi aytilgandi. 2019 yilda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi O‘zbekistondagi ilk pulli trassani qurish uchun joy tanlanayotganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!