Transport vazirligi tarkibidagi «Uzavtotrans servis» MCHJda bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi «T.A.» Rossiya fuqarosi «A.V.»ga tegishli xalqaro yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ avtobuslarining Toshkent – Samara shaharlari o‘rtasida charter qatnovlarini yo‘lga qo‘yish uchun mansabdor tanishlari orqali yordam berishni va’da qilib, xizmati evaziga 2020 yilning iyul oyida undan 5000 AQSH dollari oladi.
Ammo va’dasining ustidan chiqa olmagach, mazkur shaxs pulning 2700 AQSH dollarini qaytarib, turli bahonalar bilan qolgan 2300 AQSH dollarini bermaydi.
Aldanganligini tushunib yetgan jabrlanuvchi huquq-tartibot idoralariga murojaat qiladi.
DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «T.A.» muqaddam olgan pulining 300 AQSH dollarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi