19:12 / 25.03.2021
1 670

Tadbirkor foydasiga 300 mln. so‘m qarzdorlik undirildi

Tadbirkor  foydasiga 300 mln. so‘m qarzdorlik undirildi
Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ijro ishi yurituvida Toshkent shahar Iqtisodiy sudining 08.02.2021yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “GEORG PRODUCTION” MCHJdan undiruvchi “Pallada Investmest” MCHJ foydasiga jami 319 mln. 112 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga 26.02.2021 yil kuni kelib tushgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi“Sud hujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq so‘rovnomalar yuborilgan bo‘lib, qarzdor “GEORG PRODUCTION” MCHJga mulkiy xuquq asosida tegishli bo‘lgan bino mavjudligi aniqlangan va qarzdorlikni qoplash maqsadida bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda xatlanib, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan realizatsiya qilingan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “GEORG PRODUCTION” MCHJdan ijro varaqada ko‘rastilgan jami qarzdorligi undiruvchi “Pallada Investmest” MCHJ foydasiga to‘liq undirilib O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan amalda tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkor foydasiga 300 mln. so‘m qarzdorlik undirildi