10:13 / 26.03.2021
3 163

Shavkat Mirziyoyev yangi qaror qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev yangi qaror qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilingandi.

Qarorga muvofiq, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 356 nafar, shu jumladan, markaziy apparatida 39 nafar etib belgilandi.

Bunda, Agentlik markaziy apparati faoliyati respublika budjeti mablag‘lari hisobidan, Agentlik hududiy bo‘linmalari faoliyati mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 12-uy manzilidagi bino va inshootlarining A-bloki Agentlikka operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

Moliya vazirligi Agentlikka jami to‘rtta, shu jumladan, uchta biriktirilgan va bitta navbatchi yengil avtotransport vositalarini xarid qilish uchun mablag‘lar va ularni saqlash uchun limit ajratiladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikning buyurtmanomasi bo‘yicha uni belgilangan tartibda tegishli aloqa turlari bilan ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev yangi qaror qabul qildi