Kredit 0,01 foiz stavkasida 4 yillik imtiyozli davr bilan 15 yillik muddatga berilgan.
Koronavirusning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Yaponiyadan 136,5 million dollar miqdorida favqulodda kredit oldi.
26-mart kuni Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Yoshinori Fujiyama va O‘zbekiston moliya vazirining o‘rinbosari Odilbek Isoqov umumiy qiymati 15 milliard iyenani (136,5 million dollar) tashkil qiluvchi shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda «Kun.uz».
Kredit 0,01 foiz stavkasida 4 yillik imtiyozli davr bilan 15 yillik muddatga berilgan. Ta’kidlanishicha, ushbu mablag‘ O‘zbekistonni COVID-19 inqiroziga qarshi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun taqdim etilgan.
“Favqulodda kreditning maqsadi koronavirus tarqalishi sababli jiddiy zarar ko‘rgan O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishiga hissa qo‘shishdan iborat”, deyiladi xabarda.
Avvalroq O‘zbekiston Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)dan 15 milliard iyena va 195 million dollar miqdorida qarz olmoqchi ekanligi ma’lum qilingandi. Ajratiladigan qarz mablag‘lari O‘zbekiston budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi