13:20 / 27.03.2021
2 036

Iqlim o‘zgarishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Iqlim o‘zgarishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Toshkent shahridagi “Ground Zero Kitob Olami” kovorking markazida yaqinda "Iqlim o‘zgarishi — global falokatmi yoki inson taraqqiyotida yangi paradigma?" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Buyuk Britaniya hukumati va O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturining «Markaziy Osiyo mintaqasida iqlim barqarorligini ta’minlash bo‘yicha strategik chora-tadbirlar va harakatlar» qo‘shma dasturi doirasida tashkil etilgan mazkur anjumanda olimlar, ekologik faollar, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ekspert Liliya Zavyalova o‘z taqdimotida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muzokaralarning ilmiy va siyosiy mazmuni, bu boradagi xalqaro shartnomalar, xususan, Kioto protokoli, Parij bitimi va iqlim muammolariga oid boshqa xalqaro hujjatlar to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Iqlim o‘zgarishiga tabiiy omillar va inson faoliyati sabab bo‘ladi. Jumladan, tabiiy omillarga Yer, Quyosh, Oy va boshqa sayyoralar harakatidagi o‘zgarishlar, vulqonlar faollashuvi, iqlim isishi natijasida yuzaga keladigan jarayonlar kiradi. Insonlar esa yoqilg‘ilarni yoqish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali iqlimga ta’sir qiladi.

Iqlim o‘zgarishining ekologik va ijtimoiy oqibatlari keyingi yillarda ayrim mintaqalarda to‘fon, o‘rmon yong‘inlari, qurg‘oqchilik, toshqinlar, haroratning keskin isib ketishi bilan bog‘liq holatlar sezilarli darajada ko‘payishi orqali namoyon bo‘lmoqda. Ba’zi davlatlarda iqlim o‘zgarishi ta’sirida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligining pasayib ketishi esa bevosita oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Uchrashuv ishtirokchilari muhokamalarda faol qatnashib insonlarning iqlim o‘zgarishiga ta’sirini kamaytirish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir yakunida Markaziy Osiyo mintaqasida iqlim barqarorligini ta’minlash bo‘yicha strategik chora-tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan tavsiyalar ilgari surildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Iqlim o‘zgarishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?