15:23 / 27.03.2021
2 402

O‘zbekistonda kunlik kasallanish holatlari soni 200ga yaqinlashdi

O‘zbekistonda kunlik kasallanish holatlari soni 200ga yaqinlashdi
2021 yil 26 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 82146 (+186) nafarni tashkil etmoqda. Bu esa yil boshidan beri kuzatilgan rekord ko‘rsatkichdir.

Yangi kasallanish holatlarining:
1 nafari Andijon viloyatida,
7 nafari Buxoro viloyatida,
6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
4 nafari Namangan viloyatida,
1 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Sirdaryo viloyatida,
1 nafari Farg‘ona viloyatida,
4 nafari Xorazm viloyatida,
17 nafari Toshkent viloyatida,
143 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 625 nafarga etdi.

Kecha kun davomida: Toshkent viloyatida 18 nafar, Toshkent shahrida 94 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 80360 (+112) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1161 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda kunlik kasallanish holatlari soni 200ga yaqinlashdi