20:04 / 27.03.2021
1 425

Yangiyerlik firibgardan 2 nafar fuqarolar foydasiga qariyb 100 mln so‘m moddiy zarar undirib berildi

Yangiyerlik firibgardan 2 nafar fuqarolar foydasiga qariyb 100 mln so‘m moddiy zarar undirib berildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyer shahar sudining 16.06.2020 yildagi ijro varakasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 — «Firibgarlik» moddasi bilan sudlangan qarzdor Z.M.dan undiruvchilar Sh.Z.ning foydasiga 45 697 500 so‘m, J.G.ning foydasiga 50 775 000 so‘m jami 96 472 500 so‘m moddiy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro ishi byuroning Yangiyer shahar bo‘limi ish yurituviga 12.03.2021 yilda kelib tushgan.

Shu kunning o‘zida davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor Z.M.ga nisbatan ijro ishi ijrosini ta’minlash uchun ixtiyoriy muddat berilgan.
MIB shahar bo‘limi davlat ijrochilari sud qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdor bilan tushuntirish ishlari olib borgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdordan undiruvchilar foydasiga jami 96 472 500 so‘m moddiy zarar to‘liq undirib berildi va ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunining 41-moddasiga asosan ish yurituvdan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiyerlik firibgardan 2 nafar fuqarolar foydasiga qariyb 100 mln so‘m moddiy zarar undirib berildi