Namangan viloyatida Xitoy fuqarolariga nisbatan bosqinchilik sodir etib 100 000 000 so‘m pullarini qo‘lga kiritgan shaxslar ushlandi.
2021 yilning 24 mart kuni soat 03:40 da noma’lum shaxslar Namangan shahar Qadamjoy MFYda joylashgan «Pekin» tibbiyot markazi binosiga yuzlariga qora rangli tibbiyot niqobi taqqan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirib, binoning ikkinchi qavatidagi yotoqxonada uxlab yotgan shu markazda shifokor bo‘lib ishlovchi Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari WU YUJI va WU ZHILIN xamda ushbu markazda tarjimon bo‘lib ishlovchi Yahyoxon U.ni urib, qo‘l va oyoqlarini skotch bilan bog‘lab, yotoqxonadagi tumbochka qulfini buzib 10.000 AQSH dollari, 100.000.000 so‘m pul mablag‘lari hamda ikki dona «Huawei» va «Redmi 8» rusumli uyali telefon apparatlarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib hodisa joyidan yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasini 4-qismi «a» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi muqaddam sudlangan 31 yoshli Jahongir K., boshchiligida 29 yoshli Xabibullo K., 24 yoshli Izzatillo A., Asrorbek Q. hamda Andijon viloyatida yashovchi 20 yoshli Abdullo X.lar sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlanib, ularning yoni ko‘zdan kechirilganda jami 10 620 000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Tergov harakatlari jarayonida Andijon viloyatida yashovchi Abdullo X. muqaddam mazkur markaz shifokorlari yaxshi daromad qilayotganliklaridan xabar topib, binoning kalitini g‘ayriqonuniy ravishda qo‘lga kiritib, bu haqida tanishi Jahongir K.ga aytib qiziqtirganligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi