14:51 / 28.03.2021
3 857

Nurota tumanida sel tirkamasida odam bo‘lgan mashinani oqizib ketdi (video)

Nurota tumanida sel tirkamasida odam bo‘lgan mashinani oqizib ketdi (video)
O‘zbekistonning markaziy hududlarida 28 mart kuni kunning birinchi yarmida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik — jala oqibatida bir necha hududlarda sel keldi. Xususan, Navoiy viloyatining Nurota tumanida ham sel kuzatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videolarning birida Nurotadagi o‘z o‘zanidan o‘tayotgan sel tirkamasida odam bo‘lgan mashinani oqizib ketayotganini ko‘rish mumkin. Video davomida tirkamadagi odam sohilga chiqib olishga urinayotgani, hodisa guvohlari esa unga yordamga shoshayotganini ko‘rish mumkin.

Hodisa yakuni, jumladan, tirkamada oqqan odamning holati haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

Yog‘ingarchilik oqibatida Navoiy viloyatining boshqa — Xatirchi va Karmana tumanlarida ham suv to‘planishi, toshqin holatlari qayd etilgan.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurota tumanida sel tirkamasida odam bo‘lgan mashinani oqizib ketdi (video)