Mamlakatda epidemiologik holat o‘zgarishi ortidan umumta’lim maktablarida o‘qiyotgan o‘quvchilar ota-onalarida ta’limning davomi bo‘yicha turli savollar vujudga kelmoqda. Shu sababli Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ot-onalarga murojaat bilan chiqdi.
«29 mart kunidan boshlab, 4-chorak darslari boshlanishi munosabati bilan, ota-onalardan koronavirus infeksiyasining ko‘payishi sharoitida, maktablarning masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilishi bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushmoqda.
Shu o‘rinda, yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz, o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida joriy o‘quv yilida gibrid ta’lim tizimi joriy etilgan, ya’ni farzandini maktabga yuborib an’anaviy ta’lim olishi yoki uydan bepul televizion «Onlayn maktab» kanallari orqali masofaviy ta’lim olishi bo‘yicha qarorni ota-onalarning o‘zi qabul qiladi.
Epidemiologik holat og‘irlashgan hududlarda, mahalliy hokimlik organlariga karantin talablarini kuchaytirish choralarini ko‘rish vakolati berilgan. Shuni inobatga olib, hududiy hokimliklar ba’zi tumanlardagi maktablarni to‘liq masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin. O‘z navbatida, maktablarning ma’muriyatiga sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha topshiriq berilgan», - deyiladi murojaatda.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi ko‘payishi ortidan Toshkentdagi uchta tumanda o‘qish onlayn shaklga o‘tkazilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

11 yanvardan barcha maktablarda o‘qish to‘liq an’anaviyga o‘tkaziladi

6 oy tanaffusdan so‘ng bugun 329ta maktab o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi

Sirtqi ta’lim 100%, kechki ta’lim esa 50% masofaviy ta’lim shakliga o‘tkaziladi

Maktablarda yakuniy imtihonlar o‘tkazilmaydi

Sherzod Shermatov: «Maktablarda o‘quv yili o‘z vaqtida yakunlanadi»

Masofaviy ta’lim: videodarslar vaqtida o‘qituvchi va ota-onalar nimalarga e’tibor berishi lozim?