23:30 / 28.03.2021
3 887

Toshkentda LGBT faollariga qarshi norozilik holatidan so‘ng 12 kishi ushlandi

Toshkentda LGBT faollariga qarshi norozilik holatidan so‘ng 12 kishi ushlandi
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati 28 mart kuni soat 15:00—15:15 oralig‘ida Amir Temur xiyoboni oldida yuz bergan holat yuzasidan rasmiy axborot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, xiyobon oldida 3—4 nafar fuqaro T.S. ismli yigit va B.R. ismli qizni LGBT faollari deb gumonlab, ularni urishga harakat qilgan.

«Ushbu fuqarolarga boshqa 20—25 nafar shaxs qo‘shilib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, bezorilik harakatlarini sodir etgan. Voqea joyida xizmat qilayotgan IIBB va Milliy Gvardiya xodimlari aralashuvi bilan T.S. va B.R. himoya qilinib, ularga tan jarohati yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmagan», — deyiladi IIBB axborotida.

Qayd etishlaricha, «huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining hamkorlikdagi chora-tadbirlari natijasida nizoning ommalashib ketishining, shuningdek boshqa og‘irroq oqibatlarning oldi olindi hamda hech kimga shikast yetmadi». Alohida qo‘shimcha qilishlaricha, «janjalni boshlagan va faol ishtirokchisi bo‘lgan fuqarolarning 12 nafari ushlangan» (avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda huquq-tartibot xodimlari Amir Temur xiyoboni atrofida tartibbuzarlik sodir etishda gumon qilingan shaxslarni avtobusga joylashtirayotgani aks etgan videolar tarqalgan edi).

«Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (bezorilik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda. Aniqlanishicha, mazkur janjalda diniy mazmundagi nizo bo‘lmagan», — deyiladi poytaxt IIBB axborotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda LGBT faollariga qarshi norozilik holatidan so‘ng 12 kishi ushlandi