15:03 / 29.03.2021
2 989

Miraziz Bozorovning kaltaklanishi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Miraziz Bozorovning kaltaklanishi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Foto: Tvitter
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan M.Bozorovga tan jarohati yetkazilganligi holati yuzasidan IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 28 mart kuni taxminan soat 22:45 larda Mirobod tumani Afrosiyob ko‘chasi 21-uy oldida 3 nafar noma’lum shaxslar 1991 y.t. Bozorov Miraziz Mirzajon o‘g‘lini urib tan jarohatlari yetkazgan va voqea joyidan noma’lum tarafga yashiringan. Olgan tan jarohatlari bilan M.Bozorov shifoxonaga yotqizilgan.

Tibbiyot muassasasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu fuqaroda bosh miya ochiq va yopiq jarohatlari, o‘ng qosh sohasi yirtilgan jarohati, ko‘krak qafasi va qorin sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, o‘ng oyoq boldir suyagi ochiq sinishi jarohatlari qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «i» bandi («Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda M.Bozorovga nisbatan tan jarohatlari yetkazgan noma’lum shaxslarni aniqlash maqsadida tergov-tezkor guruhi tuzilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Miraziz Bozorovning kaltaklanishi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi