17:11 / 29.03.2021
1 956

1 kilogramm «opiy»ni ichiga yutib O‘zbekistonga kirayotgan shaxs ushlandi

1 kilogramm «opiy»ni ichiga yutib O‘zbekistonga kirayotgan shaxs ushlandi
Surxondaryo viloyatida joylashgan «Ayritom» chegara bojxona maskanida 1 kilogramm «opiy» giyohvand moddasini ichiga yutib O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonga kirib kelayotgan qo‘shni davlat fuqarosi S.A. «Ayritom» chegara bojxona postida inson tanasini skanerlovchi – «Body scan» qurilmasi orqali tekshiruvdan o‘tkazilgan. Uskuna uning ichki a’zolarida noma’lum jismlar borligini ko‘rsatgan.

Shundan so‘ng S.A. Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Surxondaryo viloyat filialiga olib borilgan. Tibbiy muolajalardan so‘ng qo‘shni davlat fuqarosining ichidan 46 dona silindrsimon yelim xaltacha chiqarib olingan.

Aniqlanishicha, yelim xaltachalarga jami 1 kilogramm «opiy» giyohvand moddasi joylashtirilgan. S.A. o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, 1 kilogramm «opiy»ni shu yo‘l bilan yashirincha O‘zbekistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 kilogramm «opiy»ni ichiga yutib O‘zbekistonga kirayotgan shaxs ushlandi