20:28 / 29.03.2021
1 492

Oyoq kiyimlariga 594 gramm “gashish”ni yashirib olib o‘tishga uringan shaxs fosh bo‘ldi

Oyoq kiyimlariga 594 gramm “gashish”ni yashirib olib o‘tishga uringan shaxs fosh bo‘ldi
Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari “Do‘stlik” chegara bojxona posti va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.

Xususan, mazkur post orqali qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro X.R.ning oyog‘iga kiyib olgan qora rangli krossovkasi og‘irligi hamda tag qismi qalinligi bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, uning oyoq kiyimlari ichida 4 dona polietilen paketlarga o‘ralgan, vazni 594,05 grammni tashkil etuvchi “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oyoq kiyimlariga 594 gramm “gashish”ni yashirib olib o‘tishga uringan shaxs fosh bo‘ldi