20:51 / 29.03.2021
1 393

1 mlrd. so‘mlik qo‘lqoplarga qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi

1 mlrd. so‘mlik qo‘lqoplarga qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi
Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan keltirilgan 518 ming 500 juft “tibbiy qo‘lqop” tovarlari “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun elektron taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlari asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, bojxona yuk deklaratsiyasi hamda yuk kuzatuv hujjatlarida qiymati 1 mlrd 91 mln. so‘mlik mazkur tibbiyot qo‘lqoplarining tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodi noto‘g‘ri tasniflanganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovarlarga 125 mln. so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 mlrd. so‘mlik qo‘lqoplarga qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi