23:30 / 29.03.2021
1 628

“Toshkent-tovar” bojxona postida bir qator huquqbuzarliklar fosh etildi

“Toshkent-tovar” bojxona postida bir qator huquqbuzarliklar fosh etildi
Bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish bojxona organlarining asosiy vazifalaridan biridir. Bu borada Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” bojxona posti xodimlari tomonidan ham huquqbuzarliklarga qarshi ayovsiz kurash olib borilmoqda.

Xususan, mazkur post xodimlari tomonidan xorijdan Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi ma’suliyati cheklangan jamiyat nomiga keltirilgan “bolalar o‘yinchog‘i” tovarlari ko‘zdan kechirildi.

Natijada, qiymati 96 mln. so‘mlik 12 ming dona “bolalar o‘yinchog‘i” tovarlari bojxona yuk deklaratsiyasi hamda yuk kuzatuv hujjatlarida umuman ko‘ratilmaganligi aniqlandi.

Navbatdagi holatda esa, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan xo‘jalik tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, jamiyat vakili tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasida qayd etilgan tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodi noto‘g‘ri tasniflaganligi aniqlandi.

Natijada, qiymati 95 mln. so‘mlik 6 turdagi 4900 juft rezina qo‘lqoplar, 360 dona savzavotlar saqlash uchun sumkalar hamda 216 dona pichoq ushlagichlar vaqtincha saqlovga olindi.

Yana bir holatda esa, xorijdan “grafitli krujka” tovarlari bojxona postiga elektron taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi hamda yuk kuzatuv hujjatlariga asosan bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, qiymati 44 mln.so‘mlik 22 dona “grafitli tigel” hujjatlarda qayd etilmaganligi aniqlandi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Toshkent-tovar” bojxona postida bir qator huquqbuzarliklar fosh etildi