12:00 / 30.03.2021
2 161

Milliy gvardiya bo‘linmalarining jamoat tartibini saqlash tizimidagi vakolatlari belgilanadi

Milliy gvardiya bo‘linmalarining jamoat tartibini saqlash tizimidagi vakolatlari belgilanadi
Ichki ishlar organlari tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ga ko‘ra, ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qator tashkiliy o‘zgartirishlar nazarda tutilgan.

Jamoat xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda joriy etish mo‘ljallanmoqda:
  • O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash;
  • patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya xizmatlari bo‘linmalarining o‘zaro hamkorlikda ishlashi bo‘yicha yangi mexanizmlarni belgilash;
  • Milliy gvardiya bo‘linmalarining jamoat tartibini saqlash tizimidagi vakolatlari va shaxsiy javobgarligini belgilash;
  • probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini kunlik nazorat qilishda profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik mexanizmlarini joriy etgan holda probatsiya bo‘linmalarining faoliyati samaradorligini oshirish.

Amalga oshirish shakli - O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori loyihasi. Ijro muddati - 2021 yil 30 aprel, mas’ul ijrochilar - IIV (Bobojonov, Ikromov), Milliy gvardiya (Jo‘rayev), Bosh prokuratura (Valiyev).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy gvardiya bo‘linmalarining jamoat tartibini saqlash tizimidagi vakolatlari belgilanadi