09:30 / 31.03.2021
1 627

“Lacetti”dagi salkam 404 million so‘mlik telefonlar manzilga yetib bormadi

“Lacetti”dagi salkam 404 million so‘mlik telefonlar manzilga yetib bormadi
Turli nayranglarni qo‘llagan holda bojxona nazoratini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan uyali telefonlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi Asaka tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro B.O. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtagan vaqtida, haydovchining roziligi bilan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi ma’muriy hududiga olib kelinib, transport vositasi ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasi hamda salon qismida polietilen qoplarga joylashtirilgan umumiy qiymati 403,7 million so‘mlik 629 dona uyali aloqa vositalari va 2 dona planshet borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Lacetti”dagi salkam 404 million so‘mlik telefonlar manzilga yetib bormadi