17:40 / 31.03.2021
2 968

Ishsiz va aliment to‘lovchilar uchun yana bir imkoniyat

Ishsiz va aliment to‘lovchilar uchun yana bir imkoniyat
Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda, voyaga yetmaganlarning huquq manfaatlarini himoya qilish, aliment bilan bog‘liq hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda asosiy e’tibor oilalani yarashtirish, aliment to‘lovlarni o‘z vaqtida undirilish, qarzdorlikni kamaytirishga qaratilgan. Bunda joylarda o‘tkazilayotgan turli tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Pop tumanida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga bu gal ish bilan band bo‘lmagan aliment to‘lovchilari taklif etildilar.

Tuman markazidagi Madaniyat saroyida tashkil etilgan mehnat yarmarkaga xududlardagi 24 ta korxona, tashkilotlari o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar. Tadbir davomida 60 nafardan ortiq ishsiz aliment to‘lovchilar uchun korxona, tashkilotlar vakant o‘rinlari, yaratilgan sharoitlarni taklif etdilar.

- Men tumanning Guliston mahallasida istiqomat qilaman deydi Suxrob Xojiyev. Turmush o‘rtog‘im bilan ajrab ketganim sababli fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining qarori bilan 3 nafar farzandimga aliment to‘lashim belgilangan. Biroq, ishsizligim tufayli alimentdan qarzdorligim bor edi. Aynan bugungi yarmarka menga ishga joylashishimga imkon yaratdi. Men “Alanga yong‘inni oldini olish” unitar korxonasiga ishga yo‘llanma oldim. Endi har oyda oladigan maoshimdan sud qarorida ko‘rstilgan aliment mablag‘ini o‘tkazib boraman. Qolaversa, avvalgi qarzdorligimni ham bartaraf etaman.

O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida jami 21 nafar ishsiz aliment to‘lovchilar korxonalarga ishga yo‘llanma olishdi. Birgina, “Alanga yong‘inni oldini olish” unitar korxonasiga 16 nafar fuqaro ishga qabul qilindi.

Asosiysi, Majburiy ijro byurosi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida aynan ishsiz bo‘lgan 105 nafar aliment to‘lovchilar turli korxona va tashkilotlarga vakant joylarga va mavsumiy ishlarga qabul qilinishiga ko‘maklashilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ishsiz va aliment to‘lovchilar uchun yana bir imkoniyat