23:38 / 31.03.2021
2 800

O‘g‘ilning aybini jinoyat bilan yashirmoqchi bo‘lgan ota javobgarlikka tortildi

O‘g‘ilning aybini jinoyat bilan yashirmoqchi bo‘lgan ota javobgarlikka tortildi
23 mart kuni IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Surxondaryo bo‘limi hamda Qiziriq tuman prokuraturasi, IJQK Departamenti tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro R.N., o‘g‘li O‘.R. yashash xonadonida qimor o‘yinlarini tashkil etib, qimor o‘ynayotganligi holati yuzasidan to‘plangan hujjatlarga chora ko‘rmaslik va to‘plangan hujjatlarni sud organlariga o‘tkazmaslik evaziga 1.400.000 (bir million to‘rt yuz ming) so‘m pora taklif qilib, ushbu pullarni tuman IIB mas’ul xodimi E.Sh.ning xizmat xonasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. R.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

R.N. o‘g‘li O‘.R.ning noqonuniy xatti-harakatlaridan tegishli xulosa chiqarmaganligi oqibatida o‘zi ham jinoiy javobgarlikka tortildi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘g‘ilning aybini jinoyat bilan yashirmoqchi bo‘lgan ota javobgarlikka tortildi