13:30 / 01.04.2021
2 333

Tanishining suratini tarqatgan qiz sud oldida javob beradi

Tanishining suratini tarqatgan qiz sud oldida javob beradi
Foto: Tergov departamenti
Namangan viloyati, Marhamat tumani IIB boshlig‘i nomiga fuqaro 25 yoshli Nazokat T. ariza bilan murojaat qilib, tanishi 25 yoshli Moxiraxon T. uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish maqsadida uning surati ustiga go‘yoki «Nazokat 50 000 so‘m evaziga fohishalik bilan shug‘ullanadi» degan mazmunda yozuv, telefon raqami ko‘rsatilgan suratni «Telegram» ijtimoiy tarmog‘ining 1200 nafar obunachisi bo‘lgan guruhga joylab, tarqatib yuborishi natijasida uning sha’ni va qadr qimmatini kamsitgan.

Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Moxiraxon T. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi «g» bandi (Tuhmat, ya’ni g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda bila turib shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayb e’lon qilingan. Hozirda ushbu jinoyat ishi tegishli tartibda tuman sudiga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tanishining suratini tarqatgan qiz sud oldida javob beradi