13:57 / 01.04.2021
1 708

Mahkumlarni saqlash sharoitlari yaxshilanadi

Mahkumlarni saqlash sharoitlari yaxshilanadi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalarida saqlanayotgan shaxslarni ta’minlash me’yorlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.

Quyidagilar tasdiqlandi:
  • Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalarida saqlanayotgan shaxslarni, shuningdek maxsus qabulxonalarda ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan shaxslarni oziq-ovqat bilan ta’minlash me’yorlari;
  • Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni kiyim-kechak va yotoq anjomlari bilan ta’minlash me’yorlari;
  • Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish koloniyalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan homilador va emizikli ayollarni oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va yotoq anjomlari bilan ta’minlash me’yorlari;
  • Ichki ishlar vazirligi davolash muassasalarida jazoni ijro etish muassasalari tibbiyot bo‘limlarida statsionar davolanishda bo‘lgan bemorlarni oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak (buyum) bilan ta’minlash me’yorlari;
  • Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarini sovun va yuvish vositalari bilan ta’minlash me’yorlari.

IIVga quyidagilarni belgilash huquqi berildi:
  • jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkumlar hamda tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida qamoqda saqlanayotgan shaxslarni oziq-ovqat, ashyoviy mol-mulk, sovun va yuvish vositalari bilan ta’minlash me’yorlari qo‘llanish tartibini, shuningdek saqlash ta’minoti uchun pul mablag‘lari xarajatlarini belgilash;
  • mahkumlar uchun kiyim-kechak modelini, ularga kiyim-kechakni berish va ishlatish tartibini belgilash;
  • bemor mahkumlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash tartibini belgilash;
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini boshqalari bilan almashtirish me’yorlarini va ularni qo‘llash tartibini belgilash.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahkumlarni saqlash sharoitlari yaxshilanadi