14:53 / 01.04.2021
1 982

SamDU dekani o‘rinbosari 500 dollar bilan ushlandi

SamDU dekani o‘rinbosari 500 dollar bilan ushlandi
SamDU dekani o‘rinbosari 500 dollar bilan ushlandiJamiyat 12:58 0
2021 yilning 30 mart kuni soat 16:00larda Samarqand viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahar Pedagogika kolleji binosining kirish qismida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, tadbir davomida Samarqand davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari lavozimida ishlovchi 35 yoshli Sherzod P. o‘z xizmat vazifasidan foydalanib, ushbu fakultetning 1-bosqich talabasi Shahnoza I.ni psixologiya fanidan oraliq nazorati imtihonini ijobiy hal qilishi va uni yakuniy imtihonga kiritishi evaziga 500 AQSH dollar pullarni tadbir ishtirokchisi B.B.dan olgan vaqtida ushlangan.

Tezkor tadbir davomida, Sherzod P.dan 500 AQSH dollar pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sherzod P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Firibgarlik, ya’ni xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma’lumotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » SamDU dekani o‘rinbosari 500 dollar bilan ushlandi