10:30 / 02.04.2021
1 702

O‘zbekistonda vaksinatsiyaning birinchi kunida qancha fuqaro emlangani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda vaksinatsiyaning birinchi kunida qancha fuqaro emlangani ma’lum qilindi
Vaksinatsiyaning ilk kunidayoq Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida jami 5 018 nafar fuqaro ixtiyoriy ravishda emlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Foto: SSV matbuot xizmati
Vaksinatsiyaning ilk bosqichida 65 yosh va undan oshgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanishi ko‘zda tutilgan.
1 aprel holatiga ko‘ra, 1871 nafar 65 yoshdan yuqori fuqaro va 3147 nafar tibbiyot xodimi emlandi.

Vaksinatsiya bo‘yicha kunlik hisobda Toshkent shahridan 1651 nafar fuqaro emlanib, hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.

Emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Farg‘ona viloyati (467 nafar), Qashqadaryo viloyati (389 nafar), Toshkent viloyati (317 nafar) band qildi.

Aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan boshlandi. O‘zbekistonda bugungi kunda 1 million 660 ming doza vaksina bor. Ularning 660 ming dozasi COVAX jamg‘armasi tomonidan olib kelingan AstraZeneca vaksinasi, 1 million dozasi — O‘zbekiston—Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi.

Aholini ushbu vaksinalar bilan emlash bir paytning o‘zida amalga oshiriladi. Bunda emlanuvchi birinchi emlanishni qaysi vaksina bilan boshlasa, ikkinchisini ham aynan o‘sha vaksina bilan yakunlaydi. AstraZeneca vaksinasi bilan 2 marotaba, ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan 3 marotaba emlash ko‘zda tutilmoqda. Ya’ni vaksinatsiya ikki xil vaksinada ikki xil amalga oshiriladi. Shuningdek, O‘zbekistonda xususiy klinikalarga COVID-19’ga qarshi pulli emlash o‘tkazishga ruxsat beriladi. To‘liq emlash kursini tamomlagan fuqarolarga QR-kodli sertifikat beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda vaksinatsiyaning birinchi kunida qancha fuqaro emlangani ma’lum qilindi