11:00 / 02.04.2021
1 920

Shavkat Mirziyoyev mamlakat qattiq karantinga qaytmasligini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev mamlakat qattiq karantinga qaytmasligini ma’lum qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 1 aprel kuni aholi salomatligini saqlash va koronavirusga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Davlat rahbari koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatga alohida to‘xtaldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

«Joriy yil boshida kuniga o‘rtacha 30—40 nafar bemor aniqlangan bo‘lsa, mart oyi o‘rtalaridan bu ko‘rsatkich 160—180 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikning o‘ta og‘ir kechishi, hattoki o‘lim holatlari ham qayd etilmoqda. Buning sababi — ko‘pchilik fuqarolar xotirjamlikka berilib, tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi karantin talablariga befarq bo‘lib qoldi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bosh vazirga koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy shtablar faoliyatini kuchaytirish, tun-u kun ishlaydigan Call-markazlar va mobil brigadalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi. Dori-darmon va himoya vositalarining kamida 3 oylik zaxirasini shakllantirish, hududlarda 60 ta kislorod stansiyasini ishga tushirib, reanimatsiya va intensiv davolash bo‘limlarini kislorod bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

«Afsuski, bu baloning oxiri ko‘rinmayapti. Yevropa davlatlari yana lokdaunga kiryapti. Qo‘shnilarimizda ham ahvol yaxshi emas. Xavf yonimizda yuribdi. Shuning uchun ogoh bo‘lishimiz kerak. Oldin qanday ishlagan bo‘lsak, shu tartibni tiklaymiz.

Xudo ko‘rsatmasin, shuncha qilgan harakatimiz bekorga ketishi mumkin. Iqtisodiyot nuqtayi nazaridan juda katta marralar qo‘yganmiz. Agar yopilib qolsak, bu natijalarga erisholmaymiz. Hech qayerni yopmaymiz, lekin tartib-intizomni kuchaytiramiz. Kasallanganlarni ham tez-tez davolash choralarini ko‘rish kerak
», — dedi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev mamlakat qattiq karantinga qaytmasligini ma’lum qildi