12:30 / 02.04.2021
1 697

Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan uddaburon fosh etildi

Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan uddaburon fosh etildi
Alkogol mahsulotlarini noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish borasida bojxona organlari tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, viloyat IIB va Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududida sifatsiz alkogol mahsulotlarini fuqarolarga sotib kelayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Urganch tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, fuqaro O.A shartli xaridorga bir xil raqamli aksiz markalar bilan qadoqlangan, 0,45 litrlik hajmdagi jami 444 shisha umumiy qiymati 9 324 000 so‘mlik 199,8 litr aroq mahsulotlarini sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

O‘tkazilgan surishtiruv harakatlari davomida ashyoviy dalil sifatida olingan aroq mahsulotlari qopqog‘iga yopishtirilgan markalar “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi (DICHB) tomonidan tayyorlanmaganligi, aksincha ushbu aksiz markalar rangli printerda tayyorlanib, qalbakilashtirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro O.A nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 176–moddasi 1–qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan uddaburon fosh etildi